Ota uch yashar qizalog‘ini kaltaklab, itlar bilan bir qafasga qamab qo‘ydi (video)

Olam

image

Qirg‘izistonning Chuy viloyati Issiq-Ota tumanida 28 yoshli erkak uch yashar qizalog‘ini kaltaklab, itlar bilan bir qafasga qamab qo‘ydi. Bu haqda "24kg" nashri xabar berdi.  

Qayd etilishicha, Issiq-Ota tuman shifoxonasiga Krasnaya Rechka qishlog‘ida yashovchi, badani momataloq bo‘lib ketgan, uch yashar qizaloq olib kelingan. Shifokorlar darhol tuman IIBga xabar berishgan. 

“Politsiya qizning o‘gay otasi 1996 yilda tug‘ilgan erkakni qo‘lga oldi. Tergov natijasida u bolaga muntazam ravishda tan jarohati yetkazgani aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Nashrning yozishicha, shifoxonaga og‘ir ahvolda olib kelinishidan avval ham o‘gay ota qizni yomg‘ir ostida iti bilan birga tunashga majburlagan.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan vahshiy otaga nisbatan Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Qiynoqlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bolaning o‘gay otasi vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Qiynoqlar uch yashar qizaloq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing