Iordaniya Isroilni “halokatli oqibatlar”dan ogohlantirdi

Olam

image

Iordaniya Isroil kuchlari agar al-Aqso masjidiga yana bostirib kirsa, falokatli oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

“Agar Isroil politsiyasi masjidni namozxonlardan bo‘shatish maqsadida odamlarga hujum qilsa, vaziyatni yanada keskinlik va zo‘ravonlik sari undagan bo‘ladi, buning uchun hamma javob beradi”, deydi Iordaniya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Sinan al-Majali.  

Iordaniyaning ogohlantirishi ortidan Isroil Tashqi ishlar vazirligi bayonot berib, al-Aqso masjidida ularni to‘sgan odamlar XAMAS va boshqa terror tashkilotlari tomonidan radikallashgan va qo‘zg‘atgan xavfli olomon ekanini da’vo qilgan.

Shuningdek, Isroil Tashqi ishlar vazirligi Iordaniyaning vaqf qo‘riqchilaridan Ma’bad tog‘idagi musulmonlar namozi va G‘arbiy devordagi ruhoniylar duosi vaqtida tartibsizliklar uyushtirishni rejalashtirgan ekstremistlarni zudlik bilan al-Aqso masjididan olib chiqishni so‘ragan.

Ma’lumot uchun, “Vaqf” Iordaniya tomonidan tayinlangan, yahudiylar tomonidan Ma’bad tog‘i deb nomlanuvchi al-Aqso masjidini boshqaradigan organdir.

Eslatib o‘tamiz, 5 aprel kuni Isroil xavfsizlik kuchlari Al-Aqso masjidiga bostirib kirib, u yerdagi falastinliklarga shovqinli granatalar, zaharli gaz, rezina o‘qlar va boshqa vositalar yordamida hujum qilgandi. 6 aprel kuni esa Livan hududidan Isroilga qarshi raketa zarbalari berildi. Bunga javoban Isroil XAMAS harakatining G‘azo sektoridagi o‘quv bazasi va harbiy postlariga hujum qildi. Shundan so‘ng, Livan hududiga ham hujum uyushtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil XAMAS Iordaniya al-Aqso

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made