Navalniyning zaharlanishi bo‘yicha yangi ma’lumotlar ochiqlandi

Olam

image
Navalniy qolgan mehmonxonadan “Novichok”ning izi chiqdi north_east

Navalniy qolgan mehmonxonadan “Novichok”ning izi chiqdi

Naq 3 ta laboratoriya Aleksey Navalniy tahlillarida “Novichok” borligini aniqladi north_east

Naq 3 ta laboratoriya Aleksey Navalniy tahlillarida “Novichok” borligini aniqladi

Rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyning shaxsiy buyumlarida zaharlovchi modda izlari bo‘lmagan. Bu haqda Navalniyning Matbuot kotibi Kira Yarmish ma’lum qildi.

Yarmishning so‘zlariga ko‘ra, zahar faqatgina Tomskdagi mehmonxonada siyosatchi qolgan xonadagi idishdan topilgan.

Siyosatchining tarafdorlari Tomskda u foydalangan barcha narsalarni yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan. Ular Navalniyning tobi qochishi bilan shunday choralarni ko‘rib qo‘yishgan. Buyumlarning ma’lum qismi Germaniyaga yuborilgan. Suv idishni ham siyosatchining do‘sti Mariya Pevchix Berlinga olib borgan. Zaharli modda ham faqatgina shu buyumdan topilgan.

Yarmish bu ma’lumotlar nega o‘sha vaqtlarda aytilmaganiga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hamma buni Navalniy bilan maslahatlashishni xlhlagan. Ular siyosatchi komadan chiqishini kutgan.

Eslatib o‘tamiz, Aleksey Navalniy Tomskdan Moskvaga samolyotda qaytayotganda tobi qochib, zudlik bilan Omskdagi shifoxonaga yotqizildi. Uning tarafdorlari Navalniyni Germaniyaga olib ketish harakatiga tushdi. Ammo ikki kun davomida Omskdagi shifoxona shifokorlari uni ko‘chirishga ruxsat bermay keldi.

Bu orada Navalniyni zaharlangan deb taxmin qilayotganlar bu harakatni Kremlning rejasi deb baholadi. Ikki kundan keyin siyosatchi Berlinga olib ketildi. Germaniya Hukumati Rossiyadan holat bo‘yicha shaffof tekshiruv boshlashni so‘radi. Kreml bu chaqiruvga munosabat bildirib, zaharlanishni isbotlovchi dalil yo‘qligini ma’lum qildi.

Germaniya esa ittifoqchilari bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilish bo‘yicha muhokamalarni boshlab yubordi. Xususan, Fransiya va Buyuk Britaniya Rossiyaning tanobini tortib qo‘yish kerakligini aytmoqda.

"Der Spiegel" nashri Navalniyning terisi, peshob va qonida zaharlovchi modda aniqlanganini ma’lum qildi.

Rossiya esa bildirilayotgan ayblovlarga nisbatan, G‘arb davlatlari va NATOni "Novichok" guruhiga kiruvchi kimyoviy modda o‘ylab topishda aybladi.

Yevropa Parlamenti Navalniy bilan bog‘liq vaziyat sabab sanksiyalar joriy qilish to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi. Unda Korrupsiyaga qarshi fond surishtiruvlari bo‘yicha korrupsiya jinoyatiga aloqador deb topilgan shaxslarga sanksiya joriy qilish kerakligin aytilgan.

"Reuters" agentligi Omskdagi shifoxonaga yaqin manbasiga tayanib, Navalniyni Germaniyaga olib ketish uchun ruxsat Kreml tomonidan kelganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksey Naval'niy

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing