Zoyir Mirzayev Qashqadaryodagi hokimlarga yangi xizmat mashinasi sotib olishni taqiqladi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev viloyatda faoliyat yurituvchi 15 nafar hokim va ularning o‘rinbosarlariga yangi xizmat avtomobili sotib olishni taqiqladi. 

Bu haqda viloyat hokimi Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi selektordan so‘ng o‘tkazilgan qisqa muhokama yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Koson tumani hokimi va viloyat hokimi o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Bahrom Yusupovga ruxsat berganmiz. Uning o‘rniga aholiga foydasi tegadigan biror ish qilaylik. Faqat, zarurat tug‘iladigan bo‘lsa, viloyat sessiyasida tasdiqlansagina, ruxsat beramiz”, degan Zoyir Mirzayev.


Maqola muallifi

Teglar

Zoyir Mirzaev

Baholaganlar

243

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing