Zoyir Mirzayev 30 yildan buyon hokimlar qadami yetmagan qishloqqa bordi
Jamiyat
−
12 fevral 2022
14029Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan, 30 yildan buyon hokimlar qadam bosmagan Piskom qishlog‘iga bordi. Bu haqda QALAMPIR.UZ jurnalisti Feruza Najmiddinova voqea joyidan xabar bermoqda.
Jurnalist Zoyir Mirzayevga odatda hokimlar biror bir hududga borishidan oldin sahnalashtirish jarayonlari bo‘lishi, reja asosida hokim kelishiga o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rilib, dasturxonlar tuzatilishi mumkinligini aytib, “Mana shunday soxtaliklar bo‘lishidan qo‘rqmaysizmi?”, deb so‘radi.
“Shunday holat ko‘rdingizmi? Shunaqa narsa bormi? Men kelishimga ko‘zbo‘yamachilik bo‘lsa, men davraga kirmasdan ham qaytib ketaveraman”, deydi hokim.
Shu o‘rinda jurnalist Zoyir Mirzayevga Piskom qishlog‘iga oxirgi marta 30 yil oldin viloyat hokimi kelganini aytib, nima uchun eng chekka qishloqqa borishga qaror qilganini so‘radi.
“Yaqiniga har doim boramiz, tezroq bu yerning odamlari bilan tanishib, qishloq sharoitini o‘rgansak, ishimiz faol bo‘ladi. Yozga chiqquncha qo‘limizda nimadir dastur bo‘lishi kerak-ku. Biz hammasiga borib ko‘rgan holda og‘irini tanlaymiz. Yordam beradigan joylarimizni reja qilib olamiz. Shunga qarab qo‘limizdan kelganini qilamiz, kelmaganini rahbariyatga olib chiqamiz. Eng chekka hududdan boshlash kerak, yaqiniga har doim ulguramiz”, deydi Mirzayev.
Shuningdek u so‘zida davom etib, Toshkent viloyatidagi eng katta muammolarni sanab o‘tdi.
“Birinchi masala yo‘l. Ikkinchisi ishsizlik. Qolaversa, odamlarda ham rahbarlardan ham intilish va harakatning kamligidir”, deydi u.
LiveBarchasi