Zoyir Mirzayev 28 mlrdga haykal qurish loyihasini bekor qildi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Nurafshon shahrida Zulfiya Zokirova nomiga haykal majmuasini qurish va atrofini obodonlashtirish hamda Nurafshon Business City hududida zamonaviy kutubxona binosining qurilishini bekor qildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Hokim farmoyishi bilan viloyat mahalliy byudjetining 2021 yil III chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan viloyat hokimining (sobiq hokim Davron Hidoyatov) 2021 yil 3 noyabrdagi 179-10-0-F/21-sonli farmoyishiga muvofiq ajratilgan 34 400 000,0 ming (o‘ttiz to‘rt milliard to‘rt yuz million) so‘m viloyat mahalliy byudjetiga tiklandi.

Viloyat hokimining 2021-yil 3-noyabrdagi 179-10-0-F/21-sonli farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.

Byudjetga tiklangan mablag‘larning 1 650 000,0 ming (bir milliard olti yuz ellik million) so‘mi viloyatdagi nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning uy-joylarini ta’mirlash uchun viloyat “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga o‘tkazib berish maqsadida viloyat hokimligiga ajratildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning noyabr oyida Nurafshonda Zulfiya Zokirova haykalini qurish uchun 28,4 mlrd so‘m, shuningdek, kutubxona binosining qurilishi uchun 6 milliard so‘m mablag‘ ajratilgani xabar qilingandi. Bu xabar jamoatchilik orasida ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

365

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing