Zominda ixtisoslashgan prokuratura tashkil etiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 27 aprel kuni O‘zbekiston Prezidentining “Jizzax viloyatida tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlari hududida tabiatni muhofaza qilish, hududning ekologik holatini yanada yaxshilash maqsadida Bosh prokuratura tizimida Zomin tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat va yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etiladi.

Quyidagilar ixtisoslashtirilgan prokuraturaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

•    Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlari hududlarida tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, o‘rmon va suv fondi yerlari, shu jumladan Zomin milliy tabiat bog‘i va Zomin davlat qo‘riqxonasi yerlaridan oqilona foydalanish hamda bunday yerlarni muhofaza qilishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan doimiy nazoratni o‘rnatish;
•    tumanlar hududidagi tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarning o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi hamda ularda noqonuniy qurilmalar qurilishining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rib borish;
•    tumanlar hududidagi o‘rmon va suv fondi yerlaridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi ustidan doimiy monitoring olib borish;
•    tumanlar hududida tabiatni, yer osti boyliklarini, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishga qaratilgan qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan qat’iy prokuror nazoratini o‘rnatish;
•    “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi hududining ekoturizm salohiyatini yanada rivojlantirish, turistlar sayohati uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etish, turistlar oqimini yanada ko‘paytirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijro etilishiga ko‘maklashish;
•    sohada qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish choralarini ko‘rish.


Maqola muallifi

Teglar

prokuratura Jizzax

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing