Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Zominda aholi 10 yildan beri elektr, gaz va suv muammosi bilan yashayapti (video)

Jamiyat

image

Avvalroq, Jizzax viloyatining Zomin tumanida yashovchi aholi tomonidan 10 yildan beri elektr, gaz va suv muammosi bartaraf etilmay kelinayotgani haqida QALAMPIR.UZ'ga murojaat kelib tushgandi. Murojaatda tumanning G‘allakor qishlog‘i “Obod mahalla” dasturiga kiritilib, chala tashlab ketilgani aytiladi. Shu sababli aholi 2015 yildan boshlab gaz tarmog‘idan uzilib qolgan, simyog‘ochlar oxirigacha tortilmagani ortidan elektr bilan bog‘liq muammo bor. Hattoki ichimlik suvi uchun yotqizilgan quvurlar ham to‘liq ta’mirlanmagan.

Bundan tashqari, qishloq vrachlik punkti, zamonaviy maktab, bog‘chalar mavjud emasligi, qing‘ir-qiyshiq yo‘l muammosi odamlarni muttasil qiynab kelayotgani ma’lum qilingan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Jizzax hududiy filiali ushbu qishloqda elektr bilan bog‘liq muammolarga munosabat bildirdi. Taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra, Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida G‘allakor qishlog‘ida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” DUK buyurtmachiligi asosida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirgan. 

Biroq ushbu loyihalarni amalga oshirishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ viloyat filiali bilan kelishilmagan. Shu tufayli aholi xonadonlarining tarmoqqa ulanish qismi loyiha-smeta hujjatlariga kiritilmagani sababli hozirgi kunda amalga oshirilgan ishlarni foydalanishga topshirish imkoniyati mavjud emas.

Elektr va tabiiy gaz tariflari yana oshadi (video) north_east

Elektr va tabiiy gaz tariflari yana oshadi (video)

Tashkilot, o‘z navbatida, qishloqning elektr ta’minotini yaxshilash doirasida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar berganini ma’lum qildi. Bildirilishicha, ushbu ob’ektning qurilish-montaj ishlarini bajarish maqsadida ajratilgan mablag‘lar mahallada to‘liq elektr uzatish tarmog‘ini tortish uchun yetmasligi sababli mahallaning eng og‘ir qismini bajarish taklifi bir necha bor berilganiga qaramasdan aholi tomonidan e’tirozlarga sabab bo‘lgani sababli qaror doirasida belgilangan temir beton ustunlari va transformator punktlari o‘rnatilgan.

“Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun bugungi kunda “Hududiy elektr tarmoqlari” viloyat filialining 2025 yil manzilli dasturi 2024 yil yakuni bilan tasdiqlanganini inobatga olib, ushbu ob’ektlarni kelgusi yillarda manzilli dasturga kiritilgan holda bajarilishini, bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari asosida respublika yoki mahalliy byudjet mablag‘lari ajratilgandan so‘ng bajarilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi munosabatda.


Maqola muallifi

Teglar

elektr gaz Zomin tumani suv muammosi yo'l muammosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing