AQSH flotiga xalaqit beradigan har qanday Eron kemasini yo‘q qiling – Tramp
Olam
−
22 aprel 2020
9871AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSH dengiz flotiga xalaqit beradigan har qanday Eron kemalarini yo‘q qilishni buyurdi. U bu haqda bugun, 22 aprel kuni Twitterʼda ma’lum qildi
“Men AQSH harbiy-dengiz flotiga amerikalik kemalar uchun dengizda to‘siqlarni keltirib chiqaradigan barcha Eron harbiy kemalarini o‘qqa tutishni va yo‘q qilishni buyurdim“, deb yozdi Tramp o‘z sahifasida.
AQSH harbiy-dengiz flotining matbuot xizmati bayonotga ko‘ra, joriy yilning 15 aprel kuni Islom inqilobi posbonlari korpusining harbiy kemalari Fors ko‘rfazidagi AQSHning bir nechta harbiy kemalari yaqinida taktik mashg‘ulotlar o‘tkazgan. Ta’kidlanishicha, Eron kemalari 9 metrgacha bo‘lgan masofada Amerika kemalariga yaqinlashgan.
Ma’lumot uchun, Islom inqilobi posbonlari korpusi 19 aprel kuni AQSHning Fors ko‘rfazidagi har qanday nojo‘ya harakatlariga javob berishga tayyorligini bildirdi. Hozirda ushbu ko‘rfazda ikki davlat harbiy kemalarining faolligi kuzatilmoqda.
LiveBarchasi