Ziyesh faoliyatini Braziliyada davom ettiradi

Sport

image

“Ayaks” va “Chelsi” klublarining sobiq futbolchisi Hakim Ziyesh faoliyatini Braziliyaning “Botafogo” jamoasida davom ettiradi. Bu haqda Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Romanoning ma’lum qilishicha, 33 yoshli marokashlik futbolchi “Botafogo” bilan kelishuvga erishgan. Ziyesh joriy yilning 8 sentyabr kuni Braziliyaga borib, yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi. U jamoaga erkin agent sifatida qo‘shiladi.

Ziyeshning so‘nggi klubi Marokashning “Vidad” jamoasi bo‘lgan. U o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, Ziyesh faoliyati davomida “Ayaks”, “Chelsi”, “Galatasaroy” va “Al-Duhayl” klublarida ham to‘p tepgan. U 2020-2021 yilgi mavsumda “Chelsi” bilan Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing