Ziyoratgohlarga zarar yetkazgan shaxslar qamaldi
3-sahifa
−
24 fevral 2023
7088Toshkent viloyatida madaniy meros ob’ektlariga 570 million so‘mlik zarar yetkazgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Nurafshon shahrida mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari A.U. mansabdor shaxslar bilan kelgan holda, qalbaki hujjatlar asosida “Ulkan To‘ytepa” arxeologiya yodgorligining 30 sotix maydonini o‘z nomiga rasmiylashtirib olgan. U madaniy meros ob’ektiga 306 million 720 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgan.
Sud qaroriga ko‘ra, MCHJ rahbari A.U. 1 yil-u 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
2018 yilda Qibray tumanidagi “Qilichli ota” ziyoratgohida qayta ta’mirlash ishlari uchun qurilish sohasida faoliyat yurituvchi MCHJga 355 mln 473 ming so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan. Biroq MCHJ rahbari N.H. hisob-fakturalarga soxta ma’lumotlar kiritib, ish hajmini qo‘shib yozish orqali 263 mln 286 ming so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, N.H.ga 5 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
LiveBarchasi