Ziroat Mirziyoyeva Qatar Amirining onasi tashkil etgan forumda qatnashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva Qatarda bo‘lib o‘tgan XI Ta’lim bo‘yicha xalqaro innovatsion sammitda ishtirok etdi.

Ushbu yirik anjuman 2011 yildan buyon Qatar Davlati Ta’lim, fan va ijtimoiy taraqqiyot fondi (Qatar Foundation) raisi – Qatar amirining onasi shayxa Moza bint Nosir al-Misnad shafeligida o‘tkazib kelinmoqda. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad – siyosat, tadqiqotlar, yetakchilik kabi sohalarda tashabbuslarni ilgari surish orqali ta’limda innovatsion dasturlarni yaratishdir.

Bu yilgi tadbir “Sun’iy intellekt davrida inson ijodkorligi” mavzusiga bag‘ishlandi.  

29 noyabr kuni sammitning asosiy tadbirlarida yuqori darajadagi mehmonlar, jumladan, xorijiy davlatlar vazirlari, ta’lim va ijtimoiy sohalar ekspertlari qatnashdi.

Bu sammitdagi ishtirok so‘nggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi hamkorlikning yana bir ifodasi bo‘ldi.

Sammit doirasida Ziroat Mirziyoyeva va shayxa Moza bint Nosir al-Misnad o‘rtasida yakkama-yakka uchrashuv ham o‘tkazilgan. 

Qatarda O‘zbekiston birinchi xonimiga to‘ng‘ich qizi – Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva hamrohlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

sammit Ziroat Mirziyoeva Qatar shayxa Moza bint Nosir al-Misnad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing