Ziroat Mirziyoyeva Emina Erdo‘g‘anga “Boqiy shahar”ni ko‘rsatdi
Jamiyat
−
17 Sentabr 2022
14609Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning rafiqasi birinchi xonim Emina Erdo‘g‘an Samarqandning “Boqiy shahar” sayyohlik markazida bo‘lib, o‘zbek madaniyati va urf-odatlari bilan tanishdi. Unga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va uning kenja qizi Shahnoza Mirziyoyeva hamrohlik qilgan.
Prezident Erdog‘anga O‘zbekiston dasturida hamrohlik qilgan birinchi xonim Erdog‘an tarix va an’analar hayotga tatbiq etilgan “Boqiy shahar”ni ko‘zdan kechirdi, bu yerdagi arxitektura namunalari, san’at asarlari bilan tanishdi.
Birinchi xonim Erdo‘g‘an o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida sayohat haqida quyidagilarni aytib o‘tdi:
“Biz aziz do‘stim Ziroat Mirziyoyeva bilan Amir Temur davridagi Samarqandga, tarix va an’analar qayta tiklangan boqiy shaharga sayohatga chiqdik. Ko‘chalar, bozorlar. “Boqiy shahar” ahli esa o‘sha davr ruhini to‘liq aks ettiradi. VI asr So‘g‘d to‘yi animatsiyasi bilan ko‘rgazmali ziyofat tomosha qildik. An’ana va urf-odatlar saqlanib qolgani va kelajakka ko‘chirilayotgani juda qadrli. Samimiy mehmondo‘stligi uchun do‘st va qardosh o‘zbek xalqiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”.
Eslatib o‘tamiz, birinchi xonimlar tashrifning birinchi kuni – 15 sentyabrda Samarqanddagi Konigil qishlog‘igi tashrif buyurgan edi.
LiveBarchasi
Asad hokimiyati ag‘darildi.
08 dekabr