Zinchenko uchun mavsum yakunlandi

Sport

image

Ukrainalik himoyachi Aleksandr Zinchenko “Ayaks” safidagi ilk o‘yinidayoq jiddiy jarohat oldi va mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Niderlandiya klubi 29 yoshli futbolchiga tizza jarohati tashxisi qo‘yilganini ma’lum qildi. Himoya chizig‘i vakili operatsiya qilinishi kerak bo‘ladi. Xabar qilinishicha, Ukraina terma jamoasi a’zosi taxminan olti oy maydondan chetda qoladi va joriy mavsum oxirigacha o‘ynay olmaydi. Ko‘p ehtimol bilan u ehtimoliy Jahon chempionatini ham o‘tkazib yuboradi.

Ma’lumot uchun, ukrainalik futbolchi joriy yilning 1 fevral kuni “Arsenal”dan ijara asosida “Ayaks”ga qo‘shilgandi. Niderlandiya klubi futbolchi uchun London jamoasiga 1,5 million yevro, shuningdek, Chempionlar ligasidagi o‘yinlar bilan bog‘liq bonuslarni to‘lashi kerak edi.

Zinchenko mavsumning birinchi qismini “Nottingem Forest” safida ijara asosida o‘tkazib, 10 ta uchrashuvda maydonga tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

jarohat “Ayaks” Aleksandr Zinchenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing