Zilziladan 3 oy o‘tib, vayronalar ostidan tirik chiqqan odam haqidagi xabarlar rad etildi
Olam
−
18 may 2023
11478Suriyada dahshatli zilziladan uch oy o‘tib, vayronalar ostidan tirik odam topilgani haqida xabar berilgan edi. Mahalliy “Akhbar.fouri” portali tarqatgan ushbu ma’lumotni Livanning “An Nahar” gazetasi o‘z manbasiga tayanib, asossiz ekanligini ma’lum qildi.
Unda aytilishicha, tarmoqlarda tarqalgan surat zilzila vayronalaridan tirik chiqqan jabrlanuvchiga emas, Suriyaning Idlib shahrida istiqomat qiluvchi Ahmad al-Susiyga tegishli bo‘lib chiqqan. Uning amakivachchasi suratni nashrga berib, to‘shakka mixlanib qolgan Susiyga odamlar e’tiborini qaratmoqchi bo‘lgan. Ular shu orqali uning davolanishi uchun pul to‘plashni maqsad qilgan.
Shuningdek, Ahmad al-Susiyning amakivachchasi hozirda u Suriyaning Kafr Jalis lagerida istiqomat qilayotgani va uning rasmi yetti yil oldin olingani haqida aytib bergan. Suratda uning psoriaz (yuqumli bo‘lmagan teri kasalligi)ga chalingani tasvirlangan.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi