Zilzila vaqtida Erdo‘g‘an epimarkaz yaqinida bo‘lgan (video)
Olam
−
21 fevral 2023 26124 1 daqiqa
Kecha, 20 fevral kuni sodir bo‘lgan zilzila vaqtida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Qahramonmarashdagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD)da yig‘ilish o‘tkazayotgan edi. U o‘sha paytda yuz bergan zilzilani his etgan va o‘zini xotirjam tutib, silkinish tugashini kutgan. Bu haqda “Video.haber7” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Prezident bilan birgalikda Milliy harakat partiyasi raisi Davlat Bahcheli ham yig‘ilishda qatnashgan. Zilzila oqibatida har ikki siyosatchi ham jarohat olmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 6,4 magnitudali zilzila epimarkazi Turkiyaning Antakya shahridan 9 kilometr, Suriyaning Latakiya shahridan 75 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Seysmologlarning tahlillariga ko‘ra, Livan, Suriya, Isroil va Kiprda ham yer silkinishlari sezilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 fevral kuni Hatay viloyatining Dafna va Samandag‘ tumanlarida 6,4 va 5,8 magnitudali 3 daqiqalik interval bilan ikkita yer silkinishi sodir bo‘ldi. Zilzila oqibatida 4 kishi qurbon bo‘ldi va 300 ga yaqin kishi jarohatlandi.
Umida Muxtorbekova
Live
Barchasi