Zilzila paytida ISHID jangarilari Suriya qamoqxonasidan qochib ketdi

Olam

image

Kecha, 6 fevral kuni Suriya shimoli-g‘arbidagi qamoqxonada halokatli zilziladan so‘ng qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Qamoqxonadagi 20 nafar ISHID jangarisi qochib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Al-Arabiya” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea chegara yaqinidagi Rajo shahrining politsiya qamoqxonasida sodir bo‘lgan. U yerda 2000 ga yaqin mahbus saqlangan bo‘lib, ularning 1300 ga yaqini ISHID jangarisi ekani gumon qilinmoqda. Shuningdek, qamoqxonada kurd jangarilari ham saqlangan.

“Zilzila sodir bo‘lganidan so‘ng, Rajo jabr ko‘rdi va mahbuslar qo‘zg‘olon ko‘tarib, qamoqxonaning bir qismini o‘z nazoratiga oldi. 20 ga yaqin mahbuslar qochib ketdi. Ular ISHID a’zolari deb hisoblanmoqda”, Rajo qamoqxonasi rasmiysi.


Manbaga ko‘ra, mintaqada o‘nlab yer silkinishi sodir bo‘lgan, qamoqxonaga zarar yetgan, devorlari va eshiklari yorilib ketgan. Britaniyada joylashgan Suriya Inson huquqlari observatoriyasi mahbuslar qochgan-qochmaganini tekshira olmagan, ammo isyon bo‘lganini tasdiqlagan.

Hukumat va qutqaruvchilar ma’lumotlariga ko‘ra, epimarkazi Turkiya janubi-g‘arbida bo‘lgan dahshatli zilzila oqibatida Suriya bo‘ylab kamida 1444 kishi halok bo‘ldi. “Oq dubulg‘alilar” qutqaruv guruhi mamlakatning shimoli-g‘arbiy qismlarida kamida 733 kishi halok bo‘lgani va 2 100 dan ortiq kishi jarohatlanganini ma’lum qilgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing