Zilzila oqibatida yana bir futbolchi halok bo‘ldi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Turkiya mintaqaviy havaskorlar ligasi klublaridan biri “Qahramonmarash Istiqlol Spor” jamoasi futbolchisi Burhoniddin Sever, “asr falokati” deya ta’riflangan zilzilada hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Turkiya futbol federatsiyasi xabar berdi.

Federatsiya futbolchining yaqinlari va klubga hamdardlik bildirdi.

“Burhoniddin Severning oilasi, yaqinlari va “Qahramonmarash Istiqlol Spor” klubiga hamdardlik bildiramiz. Klub zilzila oqibatida to‘rtinchi futbolchisidan ayrilmoqda. Jamoa dardiga sherikmiz. Taner Kahramon, Hoqon Do‘g‘an va Saruhan Bolatlarning yaqinlariga ham hamdardmiz. Jarohat olgan xalqimizga esa tezroq sog‘ayishini tilaymiz”, deyiladi federatsiya bayonotida. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq zilzila oqibatida “Malatyaspor” futbol klubining darvozaboni halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya “Malatyaspor”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing