Zilzila qurbonlari soni 31 mingdan oshdi
Olam
−
13 fevral 2023
6948So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Turkiya janubi-sharqida ro‘y bergan zilzila qurbonlari soni 31 643 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarni boshqarish boshqarmasi (AFAD)ga tayanib, "TRT Haber" ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. Vayronkor zilzila qo‘shni davlatlar, jumladan, Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.
Shundan so‘ng, Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga tushirildi.
LiveBarchasi