Zilzila qurbonlari qariyb 2000 kishiga yetdi. Vaziyat tobora og‘irlashmoqda

Olam

image

Gaitida joriy yilning 14 avgust kuni yuz bergan 7,2 balli zilzila oqibatida vafot etganlar soni qariyb 2000 kishiga yetdi. Zilzila o‘z ortidan “Greys” bo‘roni, suv toshqini, sog‘liqni saqlash sohasi inqirozi, iqtisodiy tanglikni yetaklab keldi. 

“Reuters”ning qayd etishicha, Gaitida tropik bo‘ron kuchli yomg‘ir keltirib chiqargani sabab xavfli toshqinlar yuzaga kelmoqda. Mamlakat aholisi oziq-ovqat, boshpana, shuningdek tibbiy yordamga muhtoj. 

Zilzila oqibatida vafot etganlar soni bugungacha 1941 kishiga yetgan. 

YUNISEFning ma’lum qilishicha, Gaitidagi zilziladan 1,2 millionga yaqin odam zarar ko‘rgan, ularning deyarli yarmi bolalar. “Greys” bo‘roni esa suv, uy-joy va boshqa asosiy xizmatlardan foydalanishni yanada murakkablashtirmoqda.

Rasmiylarga ko‘ra, mintaqadagi 100 mingdan ortiq bino to‘liq yoki qisman vayron bo‘lgan. Ayni paytda qutqaruvchilar vayronalar ostidan odamlarni qidirishda davom etmoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlarning ko‘pchiligi issiqda tibbiy yordamni uzoq kutib qolmoqda. Chunki mamlakat sog‘liqni saqlash tizimining bu qadar ko‘p sonli yaradorlarni davolashga imkoni yo‘q.

“Zilzila tufayli hamma narsasidan mahrum bo‘lgan son-sanoqsiz oilalar hozir toshqin tufayli tom ma’noda suvga cho‘kib ketdi”, dedi YUNISEFning Gaitidagi vakili Bruno Maes.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila Gaiti toshqin

Baholaganlar

229

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing