Zilzila qurbonlari 6 mingdan oshdi
Olam
−
08 fevral 2023
5283Turkiya janubi-sharqida ro‘y bergan kuchli zilzila qurbonlari soni 6 234 nafarga yetdi. Bu haqda Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi ma’lum qildi.
“Zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 6 234 nafarga yetgan, 37 ming 11 kishi esa jarohatlangan”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, yer silkinishi oqibatida vayronalar ostidan 8 ming kishi qutqarib qolingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,7 magnitudali zilzila yuz berdi. Yer silkinishlari, so‘ngra 300 ga yaqin yerosti silkinishlari mamlakatning o‘nta viloyatida, shuningdek, qo‘shni davlatlar, jumladan, Suriyada ham sezilgan. Biroz vaqt o‘tgach, silkinishlarning yangi kuchli zarbasi qayd etildi.
LiveBarchasi