Zilzila qurboni bo‘lgan andijonlikning jasadi O‘zbekistonga yuborildi

Jamiyat

image

Turkiyada yuz bergan zilzila oqibatida vafot etgan asli andijonlik 56 yoshli fuqaroning jasadi  O‘zbekistonga yuborildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi

Qayd etilishicha, u Turkiyaning Hatay shahrida vafot etgan. Uning jasadi bugun, 11 fevral kuni Istanbul aeroportidan  Farg‘ona shahriga yuborilgan.

“Marhumni Alloh rahmatiga olsin. Yaqinlariga sabr tilaymiz. Bu borada Bosh konsulxonaga moddiy va ma’naviy yordam berganlarga tashakkur bildiramiz”, deyiladi konsulxona xabarida.

Ma’lumot uchun, hozirda ushbu viloyatdagi qidiruv-qutqaruv jarayonlariga jalb etilgan o‘zbekistonlik qutqaruvchilar o‘z ishini davom ettirmoqda. 

Avvalroq Turkiyadagi sodir bo‘lgan dahshatli zilzilada jarohatlangan 11 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga olib kelingani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila oqibatlarini bartaraf etishda faol ishtirok etmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan joriy yining 6 fevral kuni kuchli zilziladan aziyat chekkan Turkiyaga insonparvarlik yordami jo‘natildi

Bundan tashqari, dastlab 100 kishilik qidiruv-qutqaruv guruhi, joriy yilning 9 fevral kuni esa 71 kishilik ikkinchi guruh Turkiyaga yuborildi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing