“Ziki Eskishahar”ga sud hukmi o‘qildi
3-sahifa
−
03 may
26565O‘zbekistonda o‘tgan yilning noyabr oyida boshlangan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida qo‘lga olingan jinoiy olam vakillaridan biri, “Ziki Eskishahar” laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Umarov Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan.
Aniqlanishicha, sudlanuvchi 2023 yil may oyining oxirlarida Toshkent shahri hududidagi jarlik yoqasidan 12 dona ko‘knori boshoqlarini topib, ularni kelgusida o‘tkazish maqsadida tanishiga saqlab turish uchun bergan.
7 dekabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan tanishining yashash xonadonida o‘tkazilgan tintuv davomida tarkibida opiy guruhiga mansub bo‘lgan alkoloidlar (kodein, tebain) mavjud bo‘lgan, umumiy vazni 9,64 grammni tashkil qiluvchi “ko‘knori boshog‘i” giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Sud hukmiga ko‘ra, Lutfulla Umarov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bandi bilan aybdor deb topilgan va unga 6 yilu 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazo umumiy tartibli koloniyalarda o‘tattirilishi belgilangan.
LiveBarchasi