Zidanning Fransiya murabbiyligidagi debyuti anshlag bilan o‘tadi
Sport
−
14:33 1357 1 daqiqa
Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasining bosh murabbiyiga aylanganidan so‘ng, uning qo‘l ostidagi milliy jamoaning ilk uy uchrashuvi uchun chiptalar 24 soatga ham yetmay to‘liq sotib yuborildi. Bu haqda “L’Équipe” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, chiptalar joriy yilning 31 iyul kuni sotuvga chiqarilgan bo‘lib, oradan bir kun ham o‘tmay to‘liq tugagan. Zidanning terma jamoa bosh murabbiyligidagi rasmiy debyuti joriy yilning 2 oktyabr kuni UEFA Millatlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Unda Fransiya o‘z maydonida Italiyani qabul qiladi.
Uchrashuv mamlakatning bosh futbol arenasi hisoblangan “Stad de Frans” stadionida o‘tkaziladi. Mazkur stadion qariyb 80 ming tomoshabinni sig‘dira oladi.
Ma’lumot uchun, Fransiya futbol federatsiyasi Zidan bilan to‘rt yillik shartnoma imzolaldi. 53 yoshli mutaxassis 2021 yildan buyon biror jamoada ishlamagan edi. Zidan bunga qadar “Real Madrid”ni ikki marta – 2016-2018 va 2019-2021 yillarda boshqargan. Uning qo‘l ostida madridliklar 11 ta sovrinni qo‘lga kiritgan, jumladan, uch marta UEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.
Live
Barchasi