Zidan yana “Real”ni boshqarishi mumkin

Sport

image

Zinedin Zidan uchinchi marta “Real” bosh murabbiyi bo‘lishini istisno etmayapti. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, murabbiy nafaqat Fransiya terma jamoasi, balki “Real”, “Yuventus” va “Marsel” kabi klublardan birida ish boshlashi ham mumkin.

“Real Madrid”ga qaytishi uchun Zidan istagan muhitni yaratish kerak. Qolaversa, Madrid klubi prezidenti Florentino Peres ham Zidanga biroz yon bosishga majbur bo‘ladi. Agar sovrinlar uchun kurashishga tayyor bo‘lsa, Zidan “Marsel” klubini ham boshqarishga tayyor.

Zidan o‘tgan yozda PSJ bilan ishlashdan bosh tortgandi. Chunki u “Marsel”ni hurmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Zidan Marsel shahrida tug‘ilgan va faoliyati davomida “Kan”, “Bordo”, “Yuventus” va “Real” klublarida o‘ynagan.

2021 yilning may oyida Zidan “Real Madrid” bosh murabbiyligidan ketganidan so‘ng, ishsiz qoldi. U “Real Madrid”da ikki marta ishlagan – 2016 yildan 2018 yilgacha va 2019 yildan 2021 yilgacha. Uning qo‘l ostida madridliklar 3 marta Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi, shuningdek, La Liga, Yevropa Superkubogi, Ispaniya Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ikki marta g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Yuventus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing