Zidan o‘yin oldidan mag‘lubiyat haqida esladi
Sport
−
28 sentabr 2019 6440 1 daqiqa
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Atletiko"ga qarshi bugungi o‘yin oldidan o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Jamoa bosh murabbiyi "matraschilar"ga qarshi oxirgi o‘yinda qayd etilgan 3:7 hisobidagi mag‘lubiyat hech narsani hal etmasligini aytib o‘tdi.
"Ushbu o‘yinning oldingisiga umuman aloqasi yo‘q. Hozirgacha hamma narsa o‘zgardi. Biz yaxshi formaga kirayotganimizni his qilmoqdamiz. Raqib haqida ham shunday deya olaman. Shunday ekan o‘yin qiziqarli bo‘ladi. Ammo, meni jamoamizning o‘yini ko‘proq qiziqtiradi. Biz g‘alaba qozonishni xohlaymiz va 3 ochko olish uchun bor kuchimizni sarf etamiz. Qiyin raqibga qarshi esa o‘yin oson o‘tmaydi", deydi Zidan.
Ma’lumot uchun, "Real" hamda "Atletiko" o‘yini bugun, 28 sentyabr Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr