Zidan “Real”ga qaytishi mumkin

Sport

image

Fransiyalik murabbiy Zinedin Zidan yana “Real” ustozligiga qaytishi mumkin. Bu haqda “El Chiringuito” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Real Madrid”da Karlo Anchelotti o‘rniga asosiy nomzod – Zidan. Tomonlar hamkorlikni tiklash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Anchelotti esa kelgusida faoliyatini Braziliya terma jamoasida davom ettiradi.

Zinedin Zidan “Real”ni 2016-2018 va 2019-2021 yillarda boshqargan. Fransiyalik murabbiy qaymoqranglilar bilan birgalikda ikki karra Ispaniya chempioni, ikki karra Ispaniya Superkubogi va uch karra Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan.

Ayni damda Ispaniya Chempionati turnir jadvalida “Real” peshqadamlik qilmoqda. Karlo Anchelotti shogirdlari ortda qolgan turlardan so‘ng 24 ochko jamg‘ardi. Jamoa keyingi turda “Sevilya” bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv esa 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Zinedin Zidan Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing