Mbappe Fransiya terma jamoasi mashg‘ulotlarida qatnashmadi – OAV
Sport
−
10:56 268 1 daqiqa
Fransiya terma jamoasi hujumchisi va sardori Kilian Mbappe milliy terma jamoaning mashg‘ulotida ishtirok etmadi. Bu haqda “L’Equipe” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchida grippga o‘xshash alomatlar kuzatilgan. Fransiya terma jamoasi joriy yilning 25 sentyabr kuni yangi Millatlar ligasidagi ilk uchrashuvini Turkiyaga qarshi safarda o‘tkazadi.
Fransiya terma jamoasi joriy xalqaro tanaffusda Millatlar ligasi doirasida to‘rtta uchrashuv o‘tkazadi. Jamoa 25 va 28 sentyabr kunlari safarda Turkiya hamda Belgiyaga qarshi, 2 va 5 oktyabr kunlari esa o‘z maydonida, “Stad de Frans” stadionida Italiya va Belgiyaga qarshi bahs olib boradi.
2026 yilgi Jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. U Dide Desham o‘rnini egallab, to‘rt yillik shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli Mbappe Fransiya terma jamoasi bilan 2018 yilda Rossiyada o‘tkazilgan Jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Shuningdek, u 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan mundialda kumush medalga sazovor bo‘lgan. Mbappe Jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchilardan biri hisoblanadi.
Live
Barchasi