Zidan APL klubida ishlamoqchi emas
Sport
−
01 mart 2024 3556 1 daqiqa
Afsonaviy Zinedin Zidan kelasi yozda “Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi bo‘lishdan manfaatdor emas. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, fransiyalik murabbiyga “qizil iblislar”dan taklif tushsa, u rad etadi, biroq Zidan yozda murabbiylik faoliyatini davom ettirish niyatida. Hozircha afsona o‘zi futbolchi sifatida o‘ynagan “Yuventus”dan taklif kutmoqda.
Shuningdek, Zidanga Germaniyaning “Bavariya” klubi ham qiziqish bildirgan.
Zizuning murabbiylik faoliyatidagi yagona klub bu Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi hisoblanadi. U “qirollik klubi” bilan ketma-ket 3 marta Yevropa Chempionlar Ligasi va 2 marta La Liga bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.
51 yoshli mutaxassis 2021 yilning yozidan beri ishsiz.
Live
Barchasi