Zidan 150 million yevrolik taklifni rad etdi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi “Real”ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidanga ikki yillik ish uchun 150 million yevro taklif qildi, biroq fransiyalik mutaxassis bu taklifni rad etdi. Bu haqda “Foot Mercato” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Zidan Yevropaning top 5 ligasi klublaridan taklif kutmoqda. U 2021 yilda “Real”ni tark etganidan keyin hamon  ishsiz yuribdi.

“Al-Nasr” Saudiya Arabistoni chempionatida 28 turdan keyin 63 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Riyod klubini vaqtincha xorvatiyalik Dinko Yelichich bosh murabbiy sifatida boshqarmoqda. Yelichich aslida “Al-Nasr”ning yordamchi murabbiyi hisobalandi. 

Ta’kidlash joiz, portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr” sardori hisoblanadi. Zinedin Zidan Ronaldu bilan “Real Madrid”da birga ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Zinedin Zidan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing