Jurnalistlar uyushmasi raisi o‘zgardi

Jamiyat

image

Jurnalist va shoir Shuhrat Oripov Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqdagi qaror Jurnalistlar uyushmasi boshqaruvining 6 martdagi yig‘ilishida qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, Shuhrat Oripov 1981 yili Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

“Men asli odammas, yor edim”, “Shom tovushi” kitoblari nashr etilgan.

15-Xalqaro turkiy she’riyat festivali ishtirokchisi (2022 yil). “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Tayinlovga qadar Biznesni rivojlantirish banki matbuot xizmati boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan Xolmurod Salimov uyushma raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangan. U sobiq rais Olim O‘sarov administratsiyaga o‘tgandan keyin uyushma raisi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq jurnalist, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zbekiston Milliy media birlashmasi boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jurnalistlar uyushmasi Shuhrat Oripov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing