Jurnalistlar ijodiy uyushmasi bloger Sattoriyning qamoqqa olinishi yuzasidan munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Bir necha kundirki, surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyning qamoqqa olinishi bilan bog‘liq voqealar O‘zbekiston media muhiti, ijtimoiy tarmoqlar diqqat markazida turibdi. Bu masala bo‘yicha jurnalistika sohasiga aloqador bir qator nufuzli  tashkilotlar, deputat va jamoat arboblari munosabat bildirdi. Munosabatlarda bu ishda konstitutsion haq-huquq, haqiqat, adolat, so‘z erkinligiga  hurmat va  ochiqlik ta’minlanishi lozimligiga da’vat etildi. Xususan, O‘zbekiston jurnlistlari ijodiy uyushmasi ham vaziyat yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.

Bosh qarorgohi AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi — CPJ (Commitee to Protect Journalists) O‘zbekiston hukumatini hibsga olingan bloger Otabek Sattoriyni ozod qilishga chaqirdi.

Tashkilotning fikricha, bloger korrupsiyaga qarshi kurashgani ortidan soxtalashtirilgan jinoyat ishi asosida qamoqqa tashlangan. Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tim Torlot “agar tovlamachilikni isbotlaydigan dalillar bo‘lmasa, mazkur hibs voqeasi nafaqat xavotirli, balki so‘z erkinligiga rahna soluvchi yana bir harakatdir”, deb tashvish bildirdi.

Bu masalada mavhumlik va ziddiyatlar ko‘p. Ichki ishlar vazirligi  bergan bayonotdan so‘ng bahs-munozaralar yanada avj oldi. Bunga ayrim savollar javobsiz qolayotgani sababdir.

“Xususan, bozordan tanqidiy material tayyorlayotganda yuz bergan voqea uchun blogerning  “tovlamachilik”da ayblangani (blogerning o‘zi ayblovni keskin rad etmoqda) uning oilasi, farzandlari, yaqinlari oldida  ko‘p kishilik huquq-tartibot organi xodimlari tomonidan vahima va shov-shuv bilan  olib ketilishi uchun yetarlimi 

Biz qonun ustuvor bo‘lgan mamlakatda yashayapmiz. Qonuniy haq-huquqlarimiz bilan birga burchlarimizni ham e’tirof etamiz. Agar, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ysa, jinoyat sodir etsa, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, u jurnalist bo‘ladimi, blogermi yoki boshqa kasb egasimi, albatta, qonunda belgilangan tartibda javob  berishi shart. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bu noxush voqea bo‘yicha ham  shunday fikrda”, deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, uyushmaning tergov va sud organlarining faoliyatiga nisbatan sun’iy ravishda salbiy munosabat shakllantirish – tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish niyati yo‘q. Aksincha, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni mazkur ishni tomonlarning ko‘rsatmalari va barcha holatni hisobga olgan holda xolis va haqqoniylik, adolat bilan ko‘rib chiqishini, barcha fuqarolar kabi jurnalist va blogerlarning ham  konstitutsion haq-huquqlari, so‘z va matbuot erkinligi buzilmasligini xohlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qo‘lga olingan bloger bo‘yicha fikr bildirayotganlarni qattiq ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

224

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing