Jurnalist va advokat o‘lasi qilib kaltaklandi

Olam

image

Bugun, 4 iyul kuni ertalab Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiruvchi Chechenistonning Grozniy shahrida “Novaya gazeta” jurnalisti Yelena Milashina va advokat Aleksandr Nemovga hujum qilindi. Ular o‘tirgan avtomobil aeroportdan Grozniyga ketayotganda niqobli odamlar ularni to‘xtatgan. Jurnalist va advokat dubinkalar bilan kaltaklangan va tepilgan. Bu haqda “Novaya gazeta” xabar qildi. 
 
Qayd etilishicha, jurnalist va advokatning telefonlari olib qo‘yilgan va ularni blokdan chiqarish so‘ralgan. Shuningdek, jihozlari va hujjatlari yo‘q qilingan. 

Rossiyalik huquq himoyachisi, qiynoqlarga qarshi kurash bo‘yicha Rossiya huquqni himoya qilish tashkiloti rahbari Sergey Babinetsning aytishicha, hujumchilar Milashina va Nemovga ular ishtirok etgan barcha sud jarayonlari va ishlarni eslatgan. 

“Bu aniq guruh hujumi emas, balki ularning faoliyati uchun qilingan hujum”, deydi u. 

Milashina va Nemov mahalliy shifoxonaga yotqizilgan. Milashinaga yopiq kranioserebral jarohat tashxisi qo‘yilgan, barmoqlari singan. Yuzi va boshida jarohatdan qolgan izlar bor. Nemov esa pichoqdan jarohatlangan. 

Jurnalist va advokat Rossiya ombudsmani Tatyana Moskalkovaning yordami bilan xavfsizligi ta’minlashi va zarur tibbiy yordam olishi uchun Beslan shahriga yuborilgan. 

Milashina va Nemovga qilingan hujumga parlament, Jurnalistlar uyushmasi, ma’muriyat va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengashi munosabat bildirdi.  Senator Andrey Klishasning aytishicha, "Chechenistonda jurnalist va advokatga qilingan hujum huquq-tartibot idoralaridan keskin javob talab qiladi". Deputat Aleksandr Xinshteyn "jurnalistlarga hujumlar (mavqeidan qat’i nazar) jinoiy va qabul qilinishi mumkin emas" deb yozdi va Davlat Dumasining Axborot siyosati qo‘mitasi Bosh prokuratura va Rossiya Tergov qo‘mitasiga tergov maxsus nazorat ostida o‘tkazilishi bo‘yicha murojaat yuborishini qo‘shimcha qildi. 

Qayd etilishicha, Rossiya Jurnalistlar uyushmasi va Inson huquqlari kengashi hujum tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Inson huquqlari kengashi a’zosi Yeva Merkacheva vaziyatni "g‘azablantiradigan" deb atadi va Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga so‘rov tayyorlaganini aytdi.  Inson huquqlari bo‘yicha kengashning yana bir a’zosi Aleksandr Brod bu o‘ta dahshatli voqea ekanini aytib, Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasiga murojaat tayyorlayotganini bildirdi. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalist Yelena Milashina va advokat Aleksandr Nemovga qilingan hujumni ta’sitirchan choralar ko‘rishni talab qiluvchi jiddiy voqea deb atadi. Vladimir Putin allaqachon hujum haqida xabardor qilingan, deya qo‘shimcha qildi u.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Checheniston Elena Milashina Aleksandr Nemov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing