Jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov YTH qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Xorazmlik jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov kecha, 6 noyabr kuni yo‘l-transport hodisasi natijasida vafot etdi. Bu haqda marhumning jiyani ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Ming afsuslar bo‘lsinki, amakim Davlatnazar Ro‘zmetov 6 noyabr kuni kechqurun avtohalokat natijasida olamdan o‘tdi”, deb yozgan Furqat Ro‘zmetov.

Davlatnazar Ro‘zmetov 1971 yil 24 aprel kuni tug‘ilgan, so‘nggi paytlarda “Jamiyat” ijtimoiy-siyosiy gazetasida muxbir bo‘lib ishlayotgan edi.

2018 yil 29 oktyabr kuni “Xorazm yoshlari” gazetasi muharriri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan paytida hibsga olinib, Qo‘shko‘pir tumani ma’muriy sudi tomonidan 7 sutkalik qamoq jazosiga mahkum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Davlatnazar Ro'zmetov

Baholaganlar

157

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing