Juma namozini o‘qish bo‘yicha cheklov bekor qilindi
Jamiyat
−
20 Sentabr 2021
4011Juma namozlarini faqat ochiq sahnalarda ado etilishiga oid cheklov bekor qilindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida mamlakatda karantin talablarini qisqartirish orqali aholiga madaniy va ma’naviy hordiq chiqarish hamda dam olishlarini mazmunli o‘tkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi atroflicha muhokama qilindi.
Jumladan, Respublika maxsus komissiyasining majlisida O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 24 sentyabrdan e’tiboran juma namozi va boshqa namozlarni masjidlarning faqat ochiq sahnalarida ado etilishiga oid cheklovni bekor qilish to‘g‘risidagi taklifi ko‘rib chiqildi hamda ma’qullandi.
Avvalroq, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan ommaviy, ko‘ngilochar, madaniy tadbirlar hamda to‘y va oilaviy marosimlar o‘tkazishga qo‘yilgan cheklov yumshatilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi