Julian Assanj 7 yil deganda Londonda hibsga olindi

Olam

image

Buyuk Britaniya politsiyasi WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni hibsga oldi. Ekvador Assanjga boshpana berishni to‘xtatgan. Bu haqda Skotlend-Yard Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, uni qo‘lga olish uchun order 2012 yilning 29 iyunida chiqarilgan.

“U Londonning markaziy politsiya bo‘linmasida hibsga olindi va yeng yaqin vaqt ichida Vestminster magistrat sudi qarshisiga chiqarilguncha, shu yerda qoladi”, deyiladi idora xabarida.

Ma’lumot uchun, 2010 yilda mojarolarga sabab bo‘lgan sayt asoschisi jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgandi. Biroq jurnalist Britaniyadagi Ekvador elchixonasidan boshpana topishga muvaffaq bo‘ldi va oxirgi yetti yil davomida o‘sha yerda saqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Julian Assanj London

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing