Juda xavotirdaman – Habib Qozog‘istondagi voqealar haqida

Sport

image

Yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmuhamedov o‘zining Instagram sahifasida Qozog‘istondagi norozilik namoyishlariga o‘z munosabatini bildirdi.

“Assalomu alaykum. Men Qozog‘istonda sodir bo‘layotgan voqealardan juda xavotirdaman. Umid qilamanki, yaqin kelajakda birodarlarimiz zaminida tinchlik, totuvlik va osoyishtalik hukm suradi”, deya yozgan Nurmuhamedov.

Eslatib o‘tamiz, Habibning jamoadoshi va UFC yengil vazn toifasining 4-raqamli jangchisi Islom Maxachev ham Qozog‘iston xalqini qo‘llab-quvvatlagan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istondagi namoyishlar oqibatida 18 nafar xavfsizlik xodimi halok bo‘lgan, 748 nafari yaralangan. Shuningdek, 26 nafar namoyishchi halok bo‘lgan, 26 nafari esa yaralangan.


 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston UFC Habib

Baholaganlar

221

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing