JSST Yangi yilni ko‘chada nishonlashni maslahat berdi
Olam
−
17 dekabr 2020
6034Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatda, yevropaliklarga imkoni boricha Rojdestvo va Yangi yil uchun ko‘chalarda to‘planish tavsiya etiladi. Bunday maslahat Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining dam olish kunlari arafasida berilgan tavsiyalarida mavjud.
“Mumkin bo‘lgan taqdirda uchrashuvlar ochiq havoda o‘tkazilishi kerak, ishtirokchilar niqob taqib, masofani saqlashlari kerak. Shu bilan birga, xonada bayram qilish uchun unda juda ko‘p odam yig‘ilmasligi va xonaning o‘zida yaxshi havo almashishini ta’minlash kerak – bu infeksiya xavfini kamaytiradi”, deya ta’kidladi tashkilot.
JSST yopiq bazmlar, hattoki kichik guruhlar orasida o‘tkazilsa ham, xavfli ekanini tushuntirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Respublika maxsus komissiya qarori bilan fuqarolarga yangi 2021 yil bayrami tadbirlarini oila davrasida o‘tkazish tavsiya etildi.
LiveBarchasi