JSST yaqin haftada koronavirus kelib chiqishi haqida yangi ma’lumot beradi 

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan tuzilgan SARS-CoV-2 kelib chiqishini o‘rganuvchi Yangi xavfli patogenlar bo‘yicha ilmiy maslahat guruhi yaqin haftalarda o‘z ishining natijalarini e’lon qiladi. Bu haqda JSSTning Yevropa bo‘limi rahbari Xans Klyuge ma’lum qildi.  

“O‘tgan yilning oktyabr oyida JSST yangi patogenlarning kelib chiqishi bo‘yicha ilmiy maslahat guruhini tuzdi. U yetti marta yig‘ildi va biz kelgusi haftalarda ba’zi natijalar yoki tavsiyalarni kutmoqdamiz”, deydi Klyuge. 

Uning ta’kidlashicha, guruh SARS-CoV-2 ning kelib chiqishi masalasi, shuningdek, yangi patogenlarning paydo bo‘lishini aniqlash uchun maxsus tizim ustida ishlamoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yili JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus Yangi patogenlarning kelib chiqishi bo‘yicha ilmiy maslahat guruhi tashkil etilganini e’lon qilgan, uning tarkibiga turli mamlakatlar, jumladan, Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Hindiston va boshqalardan 27 kishi kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

208

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing