JSST: vaksinaning o‘zi bilan koronavirusni yo‘q qilib bo‘lmaydi

Olam

image

Pandemiyani koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash bilan emas, balki barcha mavjud epidemiologik choralar bilan birgalikda to‘xtatish mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti favqulodda dasturi direktori Maykl Rayan BMT Bosh assambleyasining koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha maxsus sessiyasida aytib o‘tdi.

“Emlandi degani, COVID-19 yo‘q bo‘ldi, degani emas. Amaldagi chora-tadbirlar qatoriga vaksinalarni qo‘shishimiz kerak. Agar biz hozirgi ko‘rayotgan choralarimizga vaksinalarni qo‘shsak, yuqtirishni kamaytirish ehtimoli katta”, deydi Rayan.

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, agar COVID-19 dan o‘limlar to‘xtatilsa va sog‘liqni saqlash tizimidagi yuk yengillashtiriladigan bo‘lsa, jamiyat yangicha normal holatga kelishi mumkin. Biroq, bu jiddiy choralarni talab qiladi, chunki har haftada 4 millionga yaqin yangi holatlar aniqlanmoqda. 

“Hozirda epidemiologik vaziyat barqarorlashtirilmagan. Men buni ishonch bilan, aniq aytmoqchiman”, deya ta’kidladi u.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunga kelib, butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 66 million 231 472 nafarni iashkil etmoqda. Ulardan 45 million 812 972 nafari kasalikdan sog‘aygan, 1 million 524 473 kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST Koronavirus Vaktsina

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing