JSST Vetnamda aniqlangan koronavirusning tajovuzkorligi borasida fikr bildirdi

Olam

image

Vetnamning Danang shahrida aniqlangan va yana da yuqumli ekani aytilgan koronavirusning yangi shtammidan xavotirlanishga o‘rin yo‘q. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakilining Vetnamdagi vakili Kidun Park virusning bu shtammi ham boshqalaridan xavfli emasligini ma’lum qildi.

“Bizga shu ma’lumki, virusning yuqumliligi va u keltirib chiqaradigan kasallikning og‘irligi o‘zgarmagan. Hozirgacha virus bilan yuz bergan mutatsiya uning yuqumliligi va kasallikning og‘irligiga sabab bo‘lgani yuzasidan hech qanday fakt yo‘q”, degan Park.

Eslatib o‘tamiz, 27 iyul kuni Vetnamning Danang shahridagi uchta shifoxonada koronavirusning yangi shtammi aniqlangandi. shundan so‘ng shifoxonalar karantinga yopilib, mamlakatning boshqa hududlarida Danang shahrida bo‘lgan barchani 14 kunga karantinga olish belgilandi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, Vetnam Xitoyning shundoqqina “biqini”da joylashgan bo‘lsa-da, butun epidemiya davomida atigi 446 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 369 nafari sog‘aygan va bironta bemor vafot etmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus V'etnamda

Baholaganlar

227

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing