JSST O‘zbekistonni bezgakdan holi davlat deb tan oldi
Jamiyat
−
05 aprel 2019
4304Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lian Kuppens Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanovga JSSTning bezgak kasalligini eliminatsiya qilgan davlat maqomini tasdiqlovchi sertifikatini taqdim etdi
Tadbir davomida Lian Kuppens xonim O‘zbekiston so‘nggi yillarda hududni bezgakdan xoli qilish borasida katta qadam tashlaganini qayd etib, buni ulkan va tarixiy yutuq sifatida e’tirof etdi.
Bu natijaga erishish uchun O‘zbekistonda shifokor, sanitariya va epidemiologiya tizimi mutaxassislari tomonidan bezgakka qarshi kurashish bilan bog‘liq keng ko‘lamli ish olib borildi. Maqsadli tadbirlar o‘tkazilishi natijasida mamlakatda so‘ngi yillarda bezgakning mahalliy qayd etilishi umuman kuzatilmagan.
Tabiiyki, bezgak eliminatsiyasi bo‘yicha halqarosertifat olgan har bir davlat erishilgan natijani saqlab qolish uchun barcha kompleks chora tadbirlarni davom ettirish majburiyatini oladi. Mamlakatimizda ham Sog‘liqni saqlash vazirligi 2017 yilda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida 2017 –2021 yillarda bezgakning qayta tiklanishini oldini olish bo‘yicha milliy strategiya asosida boshqa vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2017 yilda O‘zbekistonda qizamiq va qizilcha kasalligi eliminatsiya qilinganini xalqaro miqyosda e’tirof etgan bo‘lsa, endilikda esa O‘zbekiston bezgakning mahalliy qayd etilishidan xoli hudud sifatida tan oldi.
LiveBarchasi