JSST Uxandagi tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi ilk hisobotni e’lon qilishni xohlamayapti 

Olam

image
0:00
0:00
download

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus kelib chiqish sabablarini o‘rganish uchun Uxanga borgan xalqaro ekspertlarning dastlabki hisobotini e’lon qilmaydi. Bu haqda "The Wall Street Journal" tomonidan xabar berilgan. 

Missiyaning 26 nafar mutaxassisi xulosalar yetarli emasligi sababli hisobot haqiqiy emas deb topilishi kerakligini ta’kidlagan. 

JSST mutaxassislari tomonidan yuborilgan xatga ko‘ra, missiya COVID-19 kelib chiqish manbalarini yetarli darajada tekshirish uchun to‘la huquqqa ega bo‘lmagan. 

Manbaga ko‘ra, Uxanda bo‘lib turgan mutaxassislar yangi tekshiruv o‘tkazishga chaqirgan, ular yanada oshkoralikni kutmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, JSST mutaxassislari 14 yanvar kuni Uxanga yetib kelgan. JSST missiyasi tarkibiga Rossiya, Avstraliya, Daniya, Germaniya, Keniya, Yaponiya, Gollandiya, Qatar, Sudan, Buyuk Britaniya, AQSH va Vetnamdan kelgan mutaxassislar hamda ularning Xitoydagi hamkasblari kiradi.    

Ma’lumot uchun, koronavirus “o‘chog‘i” bo‘lgan Xitoyning Uxan shahrida COVID-19 epidemiyasi 2019 yilning dekabr oyida boshlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST Uxan'

Baholaganlar

117

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing