JSST tibbiy niqoblarni taqish bo‘yicha tavsiyalarni o‘zgartirdi

Salomatlik

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tibbiy niqoblarga nisbatan pozitsiyasini o‘zgartirdi. Tashkilot endi hukumatlarga jamoat joylarida matodan ishlangan niqoblar taqishni majburiy qilishni maslahat berdi. Bu haqda VVS ma’lum qildi.

Pandemiya boshlanishida JSST faqat koronavirus bilan og‘rigan bemorlar, alomatlari bo‘lgan yoki ular bilan aloqada bo‘lgan odamlar tibbiy niqob taqishlari kerakligini ta’kidlagan edi. Tashkilot niqoblar virusdan himoya qilishiga shubha bilan qaradi va qo‘llarni tez-tez yuvishga e’tibor berishni maslahat bergandi.

Biroq so‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadki, tibbiy niqoblar to‘g‘ri ishlatilganda, infeksiyadan samarali himoya qilishi mumkin. Tashkilot tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, odamlar koronavirusni biron bir alomatga ega bo‘lishidan oldin ham yuqtirishlari mumkin ekan.

Shu bilan birga, JSST shunchaki niqob taqish natija bermasligini ta’kidlamoqda - chora-tadbirlarning to‘liq hajmini kuzatish muhimdir.

"Faqat niqoblarning o‘zigina sizni koronavirusdan himoya qila olmaydi", dedi JSST rahbari Tedros Adanom Gebreisus.


Maqola muallifi

Teglar

JSST

Baholaganlar

734

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing