JSST ayrim mahsulotlar narxini oshirishni talab qildi
Olam
−
03 iyul 8208 2 daqiqa
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti butun dunyodagi mamlakatlarni 2035 yilga qadar tamaki, alkogol va shakarli ichimliklar narxini kamida 50 foizga oshirishga chaqirdi. Bu haqta tashkilotning saytida e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, ushbu tashabbusdan asosiy maqsad – surunkali kasalliklarni kamaytirish, sog‘liqni saqlash tizimlari uchun qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilish va aholini himoya qilish.
JSSTning ta’kidlashicha, bu mahsulotlar yurak-qon tomir kasalliklari, saraton, diabet kabi noyuruvchi kasalliklarning asosiy sababi bo‘lib, ular dunyodagi barcha o‘limlarning 75 foizidan ko‘prog‘iga sabab bo‘ladi.
Tashkilotning tahminlariga ko‘ra, agar zararli mahsulotlar narxi 50 foiz oshirilsa, keyingi 50 yil ichida 50 million odamning hayoti saqlab qolinishi mumkin.
“Sog‘liqni saqlash maqsadidagi soliqlar – bizning eng samarali vositalarimizdan biridir. Ular zararli mahsulotlar iste’molini kamaytiradi va davlatga sog‘liqni saqlash, ta’lim va ijtimoiy himoyaga sarmoya kiritish imkonini beradi. Endi harakat qilish vaqti keldi”, deyiladi xabarda.
Tashkilotning qo‘shimcha qilishicha, 2012-2022 yillarda 140 dan ortiq mamlakatlar tamaki mahsulotlariga soliqlarni oshirgan – ularning narxi real ravishda o‘rtacha 50 foizdan ko‘proqqa oshgan. Kolumbiyadan Janubiy Afrikagacha bo‘lgan davlatlar bu choralar yordamida sog‘liqni saqlash uchun katta daromad to‘plagan va zararli mahsulotlar iste’molini kamaytirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq JSSTning tamakiga qarshi konvensiyasi kuchga kirganidan beri dunyo bo‘ylab chekish darajasi 33 foizga kamaygani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi