JSST: Suv muammosi tufayli 1,8 mlrd odam yuqumli kasalliklarga chalinishi mumkin
Olam
−
14 dekabr 2020
3134Shifoxonalardagi suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar tufayli dunyoda taxminan 1,8 milliard odam COVID-19 va boshqa yuqumli kasalliklarga chalinishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) xabarida aytilgan.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi har to‘rtinchi tibbiyot muassasasida suv ta’minoti mavjud emas, har uchinchisida esa zarur gigiyena vositalari yo‘q.
“Suv, sanitariya va gigiyena sog‘liqni saqlash xodimlari va bemorlarning xavfsizligi uchun juda muhimdir, ammo bu xizmatlarga har doim ham ustuvor ahamiyat berilmaydi”, deyilgan xabarda.
JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, tibbiyot muassasalarida tegishli gigiyena qoidalariga rioya qilinmaslik, himoya vositalarisiz ishlashga tengdir.
Uning ta’kidlashicha, suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena koronavirusga qarshi kurashda asosiy rol o‘ynaydi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar 72 mlndan oshgan. 1,6 mln bemor vafot etgan. 50 mlndan ko‘p bemor sog‘aygan.
LiveBarchasi