JSST rahbari kuzda yangi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi 

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus kuzda yangi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda u Jenevadagi brifing chog‘ida ma’lum qilgan.  

“Keyingi uch oy bo‘lajak pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rish va uni qaytarish uchun muhim davr bo‘ladi”, degan Gebreyesus. 

JSST rahbari barcha xavfsizlik choralariga rioya qilishni, himoya niqoblarini taqishni va iloji boricha COVID-19 ga qarshi emlanishni tavsiya qildi. 

“Qisqa yo‘l yo‘q. JSST xavf-xatarga asoslangan keng qamrovli yondashuvni tavsiya qilishda davom etmoqda”, degan u. 

Shuningdek, Gebreyesus dunyoda COVID-19 tarqalishi juda yuqori darajada barqarorlashganini aytgan. 

“Dunyoda har kuni aniqlangan holatlar soni bo‘yicha vaziyat barqarorlashdi. Ammo bu barqarorlik juda yuqori darajada — 4,5 milliondan ortiq kasallik va 68 ming o‘lim holatlari”, deya tushuntirgan u. 

Gebreyesus dunyoda kasallanish darajasi turlicha ekanini, lekin virus hamma joyga tahdid solayotganini aytgan. 

“Vaziyat mintaqadan mintaqaga, mamlakatdan mamlakatga, viloyatdan viloyatga va shahardan shaharga juda farq qiladi. Ba’zi mintaqalar va mamlakatlarda COVID-19 bilan kasallanish va o‘lim holatlari ko‘payishda davom etmoqda, ba’zi mintaqalarda esa vaziyat yaxshilanmoqda. Hozircha bu virus hamma joyda tahdid solmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan Gebreyesus. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda koronavirusdan o‘lim holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Dunyo bo‘yicha, 2021 yil 25 avgust soat 16:38 holatiga ko‘ra, 4 448 352 kishi COVID-19 infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan. 

Tashkilotning aniqlik kiritishicha, 2021 yil 22 avgust holatiga ko‘ra, dunyoda koronavirusga qarshi 4 619 976 274 vaksina qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

240

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing