JSST rahbari koronavirus bilan bog‘liq global miqyosda quvonchli yangilik aytdi 

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus COVID-19 pandemiyasini nazorat qila olish mumkinligini ko‘rsatadigan belgi haqida gapirdi. 

"Ketma-ket uchinchi hafta davomida butun dunyo bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni kamaydi. Hali ham kasallar ko‘payib borayotgan ko‘plab mamlakatlar mavjud, ammo global miqyosda bu quvonchli yangilikdir. Bu shuni ko‘rsatadiki, hatto yangi variantlar paydo bo‘lganda ham virusni boshqarish mumkin", degan JSST rahbari. 

Tedros Adhanom Gebreyesusning ta’kidlashicha, bu butun dunyoda COVID-19 pandemiyasi tufayli ko‘rilgan choralar samaradorligini anglatadi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirgan odamlar soni 103 milliondan oshgan. 2,2 mlndan ko‘p bemor virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

1074

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing