JSST rahbari karantinga olindi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus o‘zini yakkalaydi. Bu haqda Gebreyesus o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qilgan. 

Ma’lumotga ko‘ra, JSST rahbari koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lgan. 

"Men koronavirusga topshirgan testida musbat natija aniqlangan bemor bilan muloqotda bo‘lganman. O‘zimni yaxshi his qilyapman va menda hech qanday alomatlar kuzatilmayapti. Lekin JSST protokollariga muvofiq, kelgusi bir necha kun ichida o‘zimni karantinga olaman va uydan ishlayman", deb yozgan JSST rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, har bir inson sog‘liqni saqlash bo‘yicha ko‘rsatmalarga rioya qilishi juda muhimdir. 

"Biz xuddi shu yo‘l bilan SOVID-19 yuqishining zanjirini uzamiz, virusni bostiramiz va sog‘liqni saqlash tizimlarini himoya qilamiz", degan Gebreyesus. 

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar 46 milliondan oshgan. 1 milliondan ko‘p bemor virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST karantin

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing