JSST koronavirusning “delta” shtammi nechta mamlakatga tarqalganini ma’lum qildi
Olam
−
22 iyun 2021
6817Koronavirusning hindcha — “delta” shtammi dunyoning 92 mamlakatida aniqlangan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) shoshilinch kasalliklar bo‘limi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove ma’lum qilgan.
“Hozir bilishimizcha, 92 mamlakatda “delta” varianti mavjud”, degan Kerkxove.
Uning so‘zlariga ko‘ra, JSST koronavirusning “delta” shtammi butun dunyoga tez tarqalishidan xavotirda. JSSTning ma’lum qilishicha, mavjud vaksinalar hindcha koronavirus shtammining asoratlaridan himoya qila oladi, ammo infeksiyadan samarali himoya qilish uchun emlashning to‘liq kursini o‘tash va vaksinaning ikkala dozasi bilan emlanish zarur.
Bundan tashqari, tashkilot “delta” shtammi o‘limning ko‘payishiga olib keladi, degan ma’lumotni rad etgan, ammo bu muammo hali ham JSST mutaxassislari tomonidan o‘rganilmoqda.
Avvalroq, Hindistonning Maxarashtra shtatida koronavirus infeksiyasining “delta plyus” deb nomlangan yangi turi bo‘yicha 20 ta holat aniqlangani haqida xabar bergandik.
Shuningdek, Qozog‘istonga ham koronavirusning “delta” shtammi kirib kelgani taxmin qilinmoqda.
LiveBarchasi